Va’da xaqida

Assalomu alaykum! "Alloh, Sen menga falon narsani (yaxshi narsalardan, odamga, yo odamlarga foyda keladigan) bersang, Sen uchun bir kun ro‘za tutib beraman" desa bo‘ladimi? Noto‘g‘ri bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Bu nazr deyiladi. Shariatimizda banda o‘ziga vojib bo‘lmagan ishni o‘zi xohishi bilan vojib qilib olishi nazr hisoblanadi. Keyin agar o‘sha ish(nazr)ni qilmasa gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar