Vaqtni dor ko‘rib o‘tkazish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, savolim butun bir maxallamiz uchun axamiyatli. Bizni qishloqqa yaqinda dor qurilgandi. Dor tomoshalari xar kuni soat kechki 12.40 ba’zida 1.00 gacha bo‘lardi. 1. Eng yomoni shuki bu tomoshani nomaxram qizlar xam 1.00 gacha tomosha qilishardi. Shu ish joizmi? 2. Keyinchalik bu tomoshalariga gipnoz o‘yinlarini xam qo‘shishdi. Iqbol dorboz degan yosh yigit gipnoz qilarkan. Shu saytdan o‘qib bildimki gipnoz qilish xarom ammallardan ekan(Gipnoz orqali davolanish xam). Buni o‘qiganimdan so‘ng "Gipnoz xarom amal ekan, demak u tomoshani ko‘rish xam gunox bo‘lsa kerak" deb tomoshaga chiqmay qo‘ydim. Shu ishimda ajr bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimizda gipnoz(ko‘zboylog‘ichdan ham)dan qaytarilgan. Shu vaqtda qani endi bir oyatdan Qur’on o‘qisalar edi... Inson hamma vaqt mehnat qilishdan bezillaydi, tanasiga orom berishi ham kerak, lekin umrni 12:40 yoki 1gacha zoe qilish, evaziga bamdod o‘qimaslik insonga yaarashadigan ish emas. Ulamolarimizdan biri o‘zlarining bir kitoblarida keltiradiki; bir ko‘zboylog‘ich podshohning huzuriga kelib uzoqdagi ignaning teshigidan ignani ushlamasdan ipni o‘tkazish tomoshasini ko‘rsatdi. Podshoh unga 10 tanga berib, ortidan 10 darra urishga buyuradi. Shunda “Nega meni mukofotlab keyin jazo beryapsiz” deb savol beradi. Podshoh “10 tanga o‘zgalar qilolmagan ishni qilganing uchun, 10 darra esa aziz umrni oxiratni obod qilishga sarflamay arzimas narsaga sarflaganing uchun” degan ekan. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 194 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar