Foizlarga fatvo bormi?

Assalomu alaykum! Sizlardan iltimosim shuki bank haqida batafsilroq bir maqola bormi? Savollar bo‘limida bir qancha savollarni ko‘rib chiqdim. Ammo ko‘nglimda ba’zi bir bankdagi holatlarga shubha qilib qolaman. U erdagi asosiy jarayonni barchasi noto‘g‘ri deymanu lekin qandaydir holatlarga fatvo ya’ni ruhsat berilmaganmikan deb o‘ylab qolaman. Foiz eyish, sudxorlik, ribo harom ekanligini bilaman. Ammo bank to‘g‘risida yoki bo‘lmasa foizlar haqida ya’ni fatvo berilib qandaydir holatlari mumkin bo‘lgan joyi bormi? Shu haqda bitta umumiy tushuncha bera olasizlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom ulamolari, foizni “murobaha yo‘li bilan moliyalashtirish” degan muqobilini dunyoga taqdim qilishdi. Ba’zi bir mamlakatlar shu asosida faoliyat olib borishmoqda. Bizda hali amaliyotga qo‘llanganini bilmaymiz. Har bir noshar’iy amalni shak-shubhasiz shariatimizda muqobili mavjud. Bizga uni o‘rganib, tatbiq qilish qolgan xolos. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar