Xaqni kechish
Assalomu alaykum! Mahsulotni muddatli to‘lov sharti bilan shartnoma asosida sotgan edim. To‘lovlar muddati o‘tib ketdiki, ko‘p qismi to‘lanmay qoldi. Qarzdor odamim qarzini bermoqchi emas. Yomon ishlarni bajarib yurganidan IIB xodimlarini ham qidiruvida ekan. Yomonlik ham, yaxshilik ham Xudodan. Bunga iymon keltiriladi. Mening biron ishim yoqmaginadanmi yoki meni biror vaziyatdan asraganidanmi, Xudo menga shu vaziyatni taqdim etdi deb qabul etdim. Bir kishi : “Agar sen shu haqni kechsang, Xudo senga g‘oyibidan boshqa joydan yaxshi nasiba taqdim etish ehtimoli kattadur”, dedi. Do‘konda sheriklik ishlab kelganimiz uchun va bu qarzdor muammosi men tufayli sodir bo‘lgani uchun, bu miqdordagi mablag‘ni o‘z maoshimdan «yopdim». Qizig‘i shundaki - uzoq vaqtdan buyon niyat qilib yurgan ishim bo‘yicha ijobiy o‘zgarish sodir bo‘ldi. Buni ham men Xudo tarafidan yaxshilik deb qabul etdim. Ammo yuridik tarafdan haqqimni undirish uchun imzolangan shartnomalar mavjud. Ikkilangan joyim shundaki, yaxshilik ham, yomonlik ham qabul qildim. Yomonlikka qarshi chiqib undirish harakatini boshlasam-u, erishilgan yangi yaxshi nasibamning barokatini yoki butkul yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqyapman. Allohni berganlariga qarshi chiqqan bo‘lmasmikinman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shar’an olishga haqqingiz bor. Kechish ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 09:34 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shar’an olishga haqqingiz bor. Kechish ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 09:34 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat