Oilada ota ona mojarosi

Assalomu alaykum! Bizni oilamizda ota va onam o‘rtasida, anchadan buyon tez-tez janjal bo‘lyapti. Dadamni sal narsaga xam (misol uchun ovqat sal tuzsizroq bo‘lib qolsa xam) onamga jaxl qilaveradi. Shunaqa paytta onamni ozgina gapirgan gapiyam, uni xuddi xaqorat qilyotgandey, gap qaytaryotgandek tuyilib, janjal kuchayib ketadi. Bazi xollarda onamni do‘pposlashgayam xam boradi(o‘zim bir necha marta ustidan chiqib, ajratib qolganman). Dadam o‘zi ichmaydi, chekmaydi, 2-3yildan beri 5 vaqt namozini o‘qiydi. Yoshi 50dan o‘tkan. Ko‘chadagilarga umuman boshqa, xarakter, uyda esa onamga munosabati, qo‘pol, oddiy gapniyam do‘rrillab gapiradi. Bizga muomalasi yaxshi lekin men o‘g‘il farzand bo‘lib, nima qilishniyam bilmay qolyapman. Lekin dadamdan rosa jaxlim chiqyapti, xayolimga yomon narsalar kelyapti torisi. Onamni xulqi yaxshi. Tillo ayol xamma muammo dadamni xarakterida. Men nima qilay, qanday yo‘l tutay? Bir nima deb yoki qilib dadamniyam ko‘nglini og‘ritib qo‘ygim yo‘q. O‘zim yaqinda uylanganman. Uyda singillarim xam bor. Onam torisi biz uchun, sabr qilib chidab yuribdi, o‘ziyam buni ko‘p aytadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aslo gapirmang, otangizga gapi o‘tadigan kattalar nasihat qilsin. Siz aslo ularni orasiga tushmang. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar