Issik-sovuk kildirgan kishi

Assalomu Aleykum.Men sizga bir savol bilan murojaat etmokchiman.Oxirgi paytlarda ayolim bir domlani oldiga katnay boshladi. Avvaliga "uzimni ukitaman, yuragim bezovta bulishi balki kolib ketar" deb, 3 kun usha domlaga katnadi. Ayolimning xakikatan xam kechalari yuragi bezovta bulib, uynar edi (bu uning gaplari). Oradan 1 oy utar-utmas, ayolim yana usha domlaga borish kerakligini aytdi. Ikkinchi marta xam 3 kun usha domlanikiga katnadi. Ayolim ikkinchi marta domlanikiga katnab, uyga kaytib kelganidan sung, meni yuragim bezovta bulib, ayolimdan shubxalana boshladim (Alloxni uzi kechirsin).Bir kuni ayolim uyda yukligida (kunglimga yaratganning uzi soldi shekilli) yotgan urnimni (krovatni) tushagini kutarib, ne kuz bilan kurayki u erda kogozga uralgan bir nima turar edi. Kogozni kulimga olib ochas, ichida mushtdek bir tosh, toshga esa kora ip boylangan va bu ip judayam kattik kilib tukilgan, ipning bir necha tugunchalari xam bor edi (adashmasam ettita tugunchasi bor edi). Kunglim galati bulib, xotinim domlaga borib meni issik-sovuk kilib yurgan ekanda deb uyladim. Albatta, men bunday narsalarga, ya’ni, issik-sovuk, folbin va munajjimlarga ishonmayman.Kunglimni sindirgan narsalar shular buldi:1. Ayolim men xalol yul bilan topgan pulni, issik-sovuklarga, ya’ni xarom narsalarga ishlatishi.2. Alloxga shirk keltirib, issik-sovuklar inson takdirini uzgartirishi va erimni uzgartirib bera olishi mumkin deb, ayolimning notugri xayol kilishi.3. Ayolim bu ish bilan iymondan, e’tikoddan voz kechib, uydan kut-barakani uchiradigan ish kilganligi.4. Keyingi dunyosini uylamay, notugri yulga kirganligi.Ayolim bilan bu mavzu buyicha gaplashib, nimaga bunaka ishlar kilganligini surasam, u "bu narsani sizni issik-sovuk kilish uchun kildirganim yuk, balki domla buni menga berib, bu sizni kuzdan saklaydi va yuragingizni bezovta bulishini tuxtatadi, deb aytganlari uchun kildim" dedi. Unda nimaga meni tushagim ostida, ya’ni bosh tarafimda turibdi bu narsa??? Bu savolga esa xotinim yana xar xil urinsiz va isboti yuk baxonalar topa boshladi.Shu vokeadan keyin 1 kun utgach esa, paltoimni ichki chuntaklaridan (ikkala chuntagidan xam) shakar donalarini topib oldim....(uzim xech kachon ichki chuntaklarimga bunday mayda narsalar solib yurmayman-ku).Bu xakida ayolim bilan juda kup suxbat kurdim. U "tavba kildim, Alloxning uzi gunoxlarimdan utsin, siz xam meni kechiring" deyishni urniga, bu narsalarni men fakat uzim uchun kildirganman deydi. Axir uzi uchunmi, birov uchunmi, umuman, bunday narsalar Alloxga shirk keltirish degani-ku axir. Tortushuvlarimiz cheksiz...lekin bir echimga kela olmay xayronman...Shayx Janoblari, aytingchi endi men kanday yul tutishim kerak? Ayolimning bu ishlaridan keyin unga bulgan ishonchim, mexrim yukolmokda.Maslaxatingizga muxtojman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sabr ila tushuntirishda davom eting. Bu ishlarning nohaqligi to‘g‘risidagi kitob va ma’lumotlarni u kishiga shqiting, ma’ruzalarni tinglating.

20 Aprel 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar