3ta makruh xarommi?

Assalomu alaykum! Bir insondan karantin vaqtida bir gap eshitgandm, uni aytishicha bizni o‘sha paytta namozlarda saflarda oraliq masofani saqlab o‘qiganimiz makruh bo‘lgan ekan, va yana ettiki: 3TA MAKRUX AMAL BO‘LSA XAROM BO‘LADI DEDI. Keyn man u insonga bu narsani eshitmaganman, (3ta makrux xaqida), siz qattan bilasiz, unaqa bo‘lmasa kere, inaqamas manimcha didim va misol keltirib: ,, bir inson peshinga kelib taxoratti faqat farzini qlib, sunnati o‘qimay farzga qo‘shilib ketsa(ulgurmagani uchun), xamma singari farz namozida oraliq masofani saqlasa 3ta makrux bo‘ladi, shu xarom bo‘ladimi, ozgina o‘ylang" shuni ettim, keyn o‘ylab qoldim agar shu narsa to‘g‘ri bo‘lsa man xarommi xarommas deb qo‘ygan bo‘lsamchii, nima qlsam bo‘ladi, tavbaga yo‘l bormi, (3ta makrux xaqida) bu narsa xaqida xech qaerda o‘qimagandm, eshitmagandm, xozi o‘ylab o‘zimmi qo‘yarga joy topa olmayapman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom bo‘lmaydi, siz dindan chiqaradigan haromni halol degan bo‘lmagansiz. Lekin makruhga engil qaramaslik kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar