Lo‘lidan olingan duo kitobchasi
Assalomu alaykum! Men Samarqandda non rastasi oldida ekanligimda bir lo‘li kelib sadaqa so‘radi va unga 1000so‘m pul berdim. Ammo shunda ham u mani tinch qo‘ymay qo‘limga duolar kitobchasini berdi olmagunimcha tinch qo‘ymadi. U kitobchani 5000ming so‘mga oldim. Endi esa o‘sha kitobchani nima qilishni bilmayapman, tashlab yuboraymi yoki olib qo‘yaymi? Chunki lo‘lilar bergan narsalar halol bo‘lmaydi deb eshitgandim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odam bunchalik sodda bo‘lmaslik kerak. U kitobda nima yozilganini bilmaymiz. “lo‘lilar bergan narsalar halol bo‘lmaydi” degan gap ham yo‘q. U kitobchada yozilgan duolar to‘g‘ri bo‘lsa o‘qib o‘rgansangiz zarari yo‘q balki manfaat olasiz. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom