Muborak tushlarni ko‘rish

Assalamu alaykum! Qanday insonlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni va baytullohni yoki qiyomatga aloqador tushlarni ko‘radilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat yaqinlashganda mo‘minning tushi yolg‘on chiqmay qo‘yadi.. mo‘minlarning eng tushi to‘g‘risi, ularning rostgo‘ylarining tushlaridir. Musulmonning tushi payg‘ambarlikning 46 bo‘lagidan bir bo‘lakdir. Tush uch qismdir. Yaxshi tush Alloh tarafidan bashoratdir. Yana bir tush shaytonning g‘amga solishidan iboratdir. Yana bir tush kishi o‘ziga ko‘p gapirganidan ko‘riladigan tushdir. Qachon birortangiz o‘zi xushlamaydigan tushni ko‘rsa, o‘rnidan tursin va tuflasin.(Boshqa hadislarda chap tarafiga uch bor tuflasin deyilgan) va odamlarga uni so‘zlab bermasin. Men tushdagi zanjirni xush ko‘raman va kishanni karih ko‘raman. Zanjir – dinda sobit bo‘lishdan iboratdir”. 
Termiziy rivoyati.‏
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yaxshi o‘rganib, unga ixlos ila amal qiluvchilar yaxshi tushlar ko‘rishadi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:47 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar