Iqtido qilish joizmi?

Assalomu alaykum! Ishxonamiz Toshkent viloyatida, shahardan har kuni qatnaymiz va namozga o‘sha erdagi bir masjidga boramiz. U erda har xuftonda imomlik qiladigan bir noib imom bor. Juma kuni tahoratxonada u bilan yonma-yon o‘tirib qoldim. Kuzatsam, oyog‘ini bir marta yuvdi, shunda ham chala yuvdi. O‘ng oyog‘ining to‘pig‘i va uning pastlariga suv tegmadi, quppa-quruqligicha qoldi. Endi xuftonda unga iqtido qilishimiz joizmi, ukam ham shu masjidga boradi, unga bu haqida aytsam g‘iybat bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratda oyoqni to‘pig‘igacha yuvish farz. Agar bu farz ado bo‘lmasa tahorati ham namozi ham ado bo‘lmaydi. Siz yaxshilab kuzating, o‘sha imom noibi doim shunday tahorat qilsa unga iqtido qilgan namozlar qayta o‘qiladi. Imom yoki gapi o‘tadigan odam orqali hikmat bilan u noibning xatosini aytib qo‘yinglar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 162 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar