Allohning taqdirimi

Assalomu alaykum! O‘zini o‘ldirgan odam Allohni taqdiri bilan o‘ldirgan bo‘ladimi? Bir joyda bir inson o‘zini osib o‘ldirdi, shunda bir kishi maylin Allohning taqdiri ekan deb qoldi. Shunda yo‘q bu Allohning taqdiri emas dedim, o‘zini o‘ldirish gunox Alloh gunox ishni qilishlikni taqdirga bitmaydi deb tushuntirdim. Shu tushuntirganim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonga Alloh taolo aql ne’matini berib unga harom va halolni, gunoh va savobni bildirgan. Insonda shulardan bittasini tanlash ixtiyori bor. O‘zini o‘ldirgan insonning oldida halol yo‘l ham bo‘ladi. Ammo u o‘sha harom bo‘lgan yo‘lni tanlaydi. Bunda Alloh taoloni aybdor qilish to‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar