Shomga yaqin namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rohimahulloh) ning Hadis va Hayot kitoblarida namozning hech bo‘lmasa 1 rakatini keyingi namoz vaqti kirgunicha o‘qishga ulgursa u namoz o‘z vaqtiga o‘tadi deyilgan. Lekin asr va shom namozlari oralig‘ida quyosh botadi. Bu vaqtda esa namoz o‘qib bo‘lmaydi. Shuning uchun shom vaqti kirishiga taxminan necha daqiqa qolganda quyosh bota boshlanishini aytsangizlar. Chunki ba’zi paytlarda quyosh ko‘rinmay qoladi. Allohning o‘zi sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shom vaqti kirishidan avval asrdan bir rak’at o‘qishga ulgursa ham asrni o‘qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:30 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar