Masjid oldida sadaqa so‘raganlarga

Assalomu alaykum! Biz kupincha Minor masjidiga juma namoziga chiqamiz. Xar juma kuni juma namoziga ketayotganimizda va namozdan chiqqandan keyin masjidga eltuvchi yo‘lning ikki tomonida sadaqa so‘ragan, qo‘lida yosh bolasi bor ayollar, yosh bolalar, yosh qizchalar turib olishadi. Ularning orasida nogiron erkak kishiga xam ko‘zim tushdi lekin aksariyati ayol kishilar va yosh bolalardir. Bu achinarli xolat albatta. Chunki ko‘pchiligi rostmi yolg‘onmi boshimda boquvchim yo‘q yordam beringlar deb farzandlari bilan birga turishadi. Iltimos maslaxat bering shunday xolatda sadaqa berish joizmi? Joiz bo‘lsa kimga berish afzal, nogiron odamgami yoki boquvchisi yo‘q yosh bolali ayolgami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avval ularni to‘xtatib holini to‘liq surishtirish kerak. Ularning holini bilish zarurligi mabodo bir kunlik taomiga ega bo‘lsa ularni tilanishi harom bo‘ladi. Beruvchilar haromga yordam bergan bo‘ladi. Undaylarni bu kasbni tashlab boshqa qo‘lidan keladigan ishga yo‘naltirish kerak. Buni o‘sha masjidning imomi qilsa yanada yaxshi bo‘ladi. Ularga berish muammoni hal qilmaydi. عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ أَنَّ رَجُلًا مِنْ الْأَنْصَارِ أَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَسْأَلُهُ، فَقَالَ لَهُ: مَا فِي بَيْتِك شَيْءٌ؟ قَالَ: بَلَى، حِلْسٌ يُلْبَسُ بَعْضُهُ، وَيُبْسَطُ بَعْضُهُ، وَقَعْبٌ يُشْرَبُ فِيهِ الْمَاءُ، قَالَ: آتِنِي بِهِمَا، فَأَتَاهُ بِهِمَا فَأَخَذَهُمَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَقَالَ: " مَنْ يَشْتَرِي هَذَيْنِ؟" فَقَالَ رَجُلٌ: أَنَا آخُذُهُمَا بِدِرْهَمٍ، قَالَ: "مَنْ يَزِيدُ عَلَى دِرْهَمٍ" ؟ مَرَّتَيْنِ أَوْ ثَلَاثًا، فَقَالَ رَجُلٌ: أَنَا آخُذُهُمَا بِدِرْهَمَيْنِ، فَأَعْطَاهُمَا إيَّاهُ، وَأَخَذَ الدِّرْهَمَيْنِ، فَأَعْطَاهُمَا الْأَنْصَارِيَّ، وَقَالَ: "اشْتَرِ بِأَحَدِهِمَا طَعَامًا فَانْبِذْهُ إلَى أَهْلِك، وَاشْتَرِ بِالْآخَرِ قَدُومًا، فَأْتِنِي بِهِ" ، فَأَتَاهُ بِهِ، فَشَدَّ فِيهِ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عُودًا بِيَدِهِ، ثُمَّ قَالَ لَهُ: "اذْهَبْ فَاحْتُطِبَ، وَبِعْ، وَلَا أَرَيَنَّكَ خَمْسَةَ عَشَرَ يَوْمًا" ، فَذَهَبَ الرَّجُلُ يَحْتَطِبُ وَيَبِيعُ، فَجَاءَ، وَقَدْ أَصَابَ عَشَرَةَ دَرَاهِمَ، فَاشْتَرِي بِبَعْضِهَا ثَوْبًا، وَبِبَعْضِهَا طَعَامًا، فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: "هَذَا خَيْرٌ لَك مِنْ أَنْ تَجِيءَ الْمَسْأَلَةَ نُكْتَةً فِي وَجْهِك يَوْمَ الْقِيَامَةِ، إنَّ الْمَسْأَلَةَ لَا تَصْلُحُ إلَّا لِثَلَاثَةٍ، لِذِي فَقْرٍ مُدْقِعٍ، أَوْ لِذِي غُرْمٍ مُفْظِعٍ، أَوْ لِذِي دَمٍ مُوجِعٍ" رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ الْأَرْبَعَةِ Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Ansorlardan bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib narsa so‘radi. Shunda u zot unga: “Uyingda hech narsa yo‘qmi” dedilar. “Yo‘q, hach narsa yo‘q. Ba’zisini ustimizga ba’zisini ostimizga qilib oladigan yoping‘ichimiz va suv ichiladigan idishimiz bor” dedi. U zot “Ikkisini olib kel” dedilar. U kishi ikkisini olib kelgan edi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni olib: “Kim mendan bu ikkalasini sotib oladi” dedilar. Bir kishi “Men ikkisini bir dirhamga olaman” dedi. Keyin ikki yoki uch bor “Kim bir dirhamga ziyoda qiladi” dedilar. Bir kishi “Men uni ikki dirhamga olaman” degan edi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u ikkisini unga berib ikki dirhamini oldilar va ansoriyga berdilar. So‘ng “Bir dirhamiga taom sotib olib ahlinga sarfla, boshqasiga tesha sotib olib meni oldimga kel” dedilar. U kishi teshani Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga olib kelgan edilar u zot sollallohu alayhi vasallam o‘z qo‘llari bilan unga sop qilib berdilar. So‘ng unga “Bor o‘tin terib kelib sot. O‘n besh kun seni ko‘rmay” dedilar. Kishi o‘tin yig‘ib sotgani ketdi va o‘n besh dirham pul topib ba’zisiga kiyim ba’zisiga taom sotib olib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Bu sen uchun qiyomat kuni yuzinga tilanishning qora dog‘i yopishgan holatda kelishingdan yaxshidir. Tilanish uch kishigagina joiz. O‘tirib qolgan faqir, botib qolgan qarzdor va xun to‘lashda qiynalib qolgan kishiga” dedilar.
To‘rttala sunan egalari rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:36 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar