Uy olishga yig‘ilgan puldan zakot
Assalomu alaykum! Meni yoshim 27 da. Meni bir qizim bor turmushimdan erta ajralganman, musofirda mexnat bilan yuripman. Ikki ukam bor, uylanishmagan xali. Yosh ukamlarga og‘irligim tushmasin deb uy olaman deb o‘zim ishlab pul yig‘ayapman. Pulim xali uy olishga yig‘ilgani yo‘q, 10ming$. Menga zakot vojibmi? Va qanday kimga qaerga zakot berishim joiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yig‘ayotgan pulingiz 2000 dollar bo‘lgan yili siz nisob egasi bo‘lgansiz. O‘shandan bir yil o‘tib zakot berish zimmangizga farz bo‘lgan. O‘shandan beri qoldirgan yillariznikini ham ajratib zakotini bering. Zakotni o‘zi zakot berishga qodir bo‘lmagan har bir kishiga berish joiz. Faqat bunda u kishilarning zakot beruvchiga nafaqalari vojib bo‘lmasligi kerak. Zakotni oluvchiga mulk qilib qo‘liga berish kerak. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 142 | Zakot