Qayta nikoxlatish kerakmi
Assalomu alaykum! Kanalingiz orqali anchagina bilimga ega bo‘lib bormoqdamiz, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Savolim shundan iboratki turmush o‘rtog‘im bilan qattiq janjallashib qolganimizda yashash niyatingiz bo‘lmasa javobimni bering deb qo‘rqitish maqsadida aytganimda. Turmush o‘rtog‘im g‘azab bilan sen xali shuni niyat qilganmiding, yashash niyating bo‘lmasa javob senga tur yo‘qol uni xoxlaetgan bo‘lsang degan edilar. Biz javob desa xam taloq tushib qolishi mumkunligini bilmagan edik. Keyinchalik xammasi yaxshi bo‘lib ketgandan keyin turmush o‘rtog‘imga shunaqa degan edingiz, necha marotaba aytgansiz desam eslay olmadilar, u payt g‘azabda bo‘lganman deb. Taloq tushib qolmadimikin desam, g‘azablanib men taloq manosida aytmaganman, unday niyatim xam yo‘q dedilar. Alloh oldida gunoxkor bo‘lib qolishdan juda xam qo‘rqayabman, 3-4 marta aytilgan bo‘lishi mumkun degan shubxam bor. Tushgan bo‘lsa uni xukmi qanday bo‘ladi, birovga nikoxlatmasdan o‘zini nikoxiga olsa bo‘ladimi? Shu narsadan juda xam qo‘rqayabman, iltimos sizlarni javobingiz men uchun juda muxim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq muzokarasida “javob senga, tur yo‘kol” degan bo‘lsa oraga taloq tushgan bo‘ladi. Bu so‘z bilan ikki taloq tushgan bo‘lishi ham mumkin. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon huzurida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush