Sotiladgan uydan zakot
Assalomu alaykum! Ramazon oyi muborak bolsin. Meni sotishga qurgan hovlim bor, shu uydan sotilgach zakot beramanmi yoki baholatib 40dan 1 beramanmi? Agar sotishdan oldin berilsa men oxirgi pulimni ham shu hovliga sarflagan bolsamchi? 100 million baholansa, keyin uni 120 millionga sotilsachi? Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikki holat ham joiz. Agar bu yil zakot bermoqchi bo‘lsangiz hozirgi kundagi sotiladigan bahosini belgilab, uning 40dan birini zakotga chiqarasiz. Agar sotilgandan keyin zakot bermoqchi bo‘lsangiz va sotilishi 1-2 yilga cho‘zilib ketsa, sotilganidan so‘ng avvalgi yillarni ham zakotini chiqarasiz. Ya’ni 1-yilning zakotini chiqargandan keyin qancha qolsa o‘shani 40dan biri, keyingi yil uchun qolganidan 40dan birini bersaiz. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 147 | Zakot