Hayvon boqish

Assalomu alaykum! Mening 2 million pulim bor shu pulni bir do‘stimga berdim. Men “shu 2 million so‘m pulga hayvon (ho‘kiz) sotib ol, shu ho‘kizni bahordan kuzgacha boq, kuzda sot” dedim. Do‘stim shu ishni qildi, kuzda ho‘kizni 6 million so‘mga sotdi. Sotilgan 6 million so‘m ho‘kizni pulidan men avvalida bergan 2 million so‘m pulimni qaytarvoldim. Foyda 4 million, do‘stim bilan 2 milliondan foydani o‘rtada bo‘ldik. Do‘stim rozi men ham rozi. Shu ishdan tushgan pul halolmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar