Ajrashayotganda to‘y xarajat puli olish mumkinmi

Assalomu alaykum! Uylanganimga 1 hafta bo‘masdan Xotinimni Turkiyaga aylanishga olib kettim. Turmush qurganimga 1 yil bo‘lgan bo‘lsa men bilan 3 oy ham yashamadi. Uyiga har xil bahonalar qilib 1 haftaga ketib 1 kun uyimda kechgacha qolar edi. To‘ydan 2 oy o‘tib xomilador bo‘lgandan beri shu axvol, taksikozman uyizda uxlolmayapman degan har xil bahonalar qilib uyimdan ketib qolaverdi. Tug‘gunicha kuttim, lekin o‘zgarish bo‘lmadi. Menda ko‘ngli yo‘qligini va o‘zini majburlab yasholmasligini oxiri o‘zi aytdi va sudga ariza topshirdi. Ko‘ngil yo‘qligi ajrashishga jiddiy sabab bo‘lolmaydi deb o‘ylayman chunki oramizda bola bor. Qiz taraf o‘ziga juda to‘q bo‘lganligi sabablimi bilmadim erkatoy ekan. Shu vaziyatda Men to‘y xarajatlarini Shariyat qoidalariga ko‘ra qiz tarafdan talab qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi, o‘zlari xohlab bersa, olishingiz joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar