Riboga shubxa tugildi
Assalomu alaykum! Qurilish mollari ishlab chiqaramiz, do‘konchilarga maxsulotimizni sotib berishga tarqatamiz. Xomashyoning oshishi sababli maxsulotimiz tan narxi xam oshdi. Maxsulot narxini xam oshirishimiz kerak. Do‘konchilarga berilgan maxsulotlarni narxini xam o‘zgartirishimiz kanchalik to‘g‘ri? Bu xolatda do‘konchilar bizga maxsulot pulini to‘lab bermagan va o‘zlari xam xali sotib ulgurmagan, ya’ni do‘konida turibdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz mahsulotingizni do‘konchilarga xiyori shart bilan (savdoni buzish huquqi bilan) sotgan bo‘lishingiz yoki ularni sotuv vakili qilgan bo‘lishingiz mumkin.
Ularga xiyori shart bilan sotgan bo‘lsangiz narxni oshirib bitimni o‘zgartira olmaysiz.
Mahsulotingizni sotib berish uchun do‘konchilarni vakil qilgan bo‘lsangizgina uning narxini oshirishingiz mumkin. Chunki bunday holatda ularning qo‘lida turgan mol sizning mulkingiz bo‘lib, ular uni sotib berganlari uchun sizdan haq oladilar xolos. Mahsulotlaringizga ularning aybisiz talafot etsa javobgar bo‘lmaydilar. Vallohu a’lam!
22 Iyul 2022, 13:46 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat