Binanse platformasi haqida

Assalomu alaykum! Binanse platformasi haqida so‘ramoqchi edim. Bu platformada kriptavalyuta, neft, tillo va yana juda ko‘p maxsulotlar savdosi amalga oshirilar ekan. Savolim bular haqida emas. Platformada valyuta savdosi bilan ham shug‘ullanish mumkin ekan. Misol uchun dollar olib narx ko‘tarilganda sotish va shuni evaziga foyda ko‘rish. Savdo zudlik bilan amalga oshirilar ekan ya’ni dollar olmoqchi bo‘lsam mendan pul chiqib ketadi va sotuvchining xisob raqamida ko‘rinadi va dollar menda ko‘rinadi. Juda ko‘plab tanishlarim dollarni funt sterlingdagi savdosi bilan shug‘ullanishyapti va meni ham qiziqtirishyapti. Ya’ni funt sterlingga dollar sotib olishadi va kurs ko‘tarilganda funt sterligngga dollar sotishadi. Xisob raqamida dollar tugasa, dollarni boshqa birjadan funt sterlingga sotib olib binanse da qimmatroqqa sotishar ekan. Shu ish bilan shug‘ullansam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Binance nomli platformada svop sistemasida ishlanadi, shuning uchun joiz emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar