SMSda taloqsan degan

Assalomu alaykum! 29 yoshdaman. Ayol kishiman, 2 nafar farzandim bor. Mana bugun turmush qurganimizga rossa 8yil bo‘libdi. Turmush qurganimizdan buyon xo‘jayinim doim safardalar. 2 qizalog‘im bo‘ynimda bo‘lib qolgach xomilam xali 2-3 oylik bo‘ladimi yo‘qmi safarga otlanadilar. Kelganlarida ikkalasi xam 4-5oylik bo‘lgach safardan qaytib keladilar. Shuning uchun biz xaftada janjallashamiz, oxirgi yillar aytganlarini umuman qilmay qolgim keldi. Shuni ustida qattiq janjallashganimizda menga telegramda sms orqali taloqsan deb yozdilar. Bu xolat 3marta takrorlandi. Masalan bir martada 10 martadan xar oyda 3 marta takrorladilar va oxirida “mana bu 3-bor takrorlayabman, endi sen menga umuman begonasan” deb aytdilar. Ayting o‘rtamizda 3 taloq tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar yozganlaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, oraga uch taloq tushib bo‘lgan. Birga yashashga yo‘l yo‘q. Holat yozganingizdan boshqacha bo‘lsa, javob ham boshqa bo‘ladi. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon huzurida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar