Namoz keyingi namoz vaqtiga o‘tib ketsa
Assalomu alaykum! Agar biror namoz vaqti tugashiga oz vaqt qolganda, lekin 1 rakat bo‘lsa ham o‘qishga imkon bo‘lsa, nima yo‘l tutish lozim? Misol uchun peshin vaqti tugashiga 3 daqiqa vaqt bor, vaqt kam bo‘lsa ham keyingi namoz vaqtiga o‘tib ketsa ham namozni o‘qish kerakmi hammasini yoki qazo qilib o‘qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tezda o‘qish kerak. Bir rakatini vaqt chiqmasdan o‘qib olsangiz, vaqtida o‘qigan bo‘lasiz.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَدْرَكَ رَكْعَةً مِنَ الصَّلاَةِ فَقَدْ أَدْرَكَ الصَّلاَةَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim namozdan bir rakatni topsa, batahqiq, namozni topibdir», dedilar».
Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilishgan.
Sharh: Bu hadisda faqat bomdod yoki asr namozlari haqida emas, balki barcha namozlar haqida so‘z bormoqda. Musulmon odam kech qolib qaysi bir namozning oxirgi vaqtida bir rakat bo‘lsa ham o‘qib qolsa, o‘sha namozni tamomlaydi va o‘z vaqtida ado qilgan hisoblanadi. Namozi qazo bo‘lmaydi.
Ba’zi kishilar namoz vaqti kech bo‘lib qolsa, keyinroq, bemalol, qazo qilib o‘qib olarman, deb beparvolik qiladilar. Bu mutlaqo noto‘g‘ridir. Musulmon kishi umuman namozni qazo qilmasligi kerak. Bir vaqt qazo bo‘lgan namozning gunohini yuvish qancha qiyin-ku!. Shuning uchun oxirgi vaqtida bo‘lsa ham, birgina rakatiga ilashib qolsa ham harakat qilish kerak. Bundoq ruxsat berilishi ham biz bandalar uchun ayni mehribonlikning o‘zidir. («Hadis va hayot» kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 228 | Turli savollar