Tahoratli holatda uyquga ketish

Assalomu alaykum! Inson tahoratli holatda uyquga ketsa, ruhiga arshda turib 2 raka’at namoz o‘qishlikka imkon berilar ekan. Agar inson tahoratli uyquga ketgan holatida jon topshirsa, u shahid bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu ma’noda juda zaif rivoyat bor. Tahoratli bo‘lishning fazli borasida eng sahih rivoyatlardan biri Imom Buxoriyning jome’sida kelgan: عَنْ الْبَرَاءِ بْنِ عَازِبٍ رضي الله عنهما قَالَ : قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ :  إِذَا أتَيْتَ مَضْجَعَكَ، فَتَوَضَّأْ وُضُوءَكَ لِلصَّلَاةِ، ثُمَّ اضْطَجِعْ علَى شِقِّكَ الأيْمَنِ، ثُمَّ قُلْ: اللَّهُمَّ أسْلَمْتُ وجْهِي إلَيْكَ، وفَوَّضْتُ أمْرِي إلَيْكَ، وأَلْجَأْتُ ظَهْرِي إلَيْكَ، رَغْبَةً ورَهْبَةً إلَيْكَ، لا مَلْجَأَ ولَا مَنْجَا مِنْكَ إلَّا إلَيْكَ، اللَّهُمَّ آمَنْتُ بكِتَابِكَ الذي أنْزَلْتَ، وبِنَبِيِّكَ الذي أرْسَلْتَ، فإنْ مُتَّ مِن لَيْلَتِكَ، فأنْتَ علَى الفِطْرَةِ، واجْعَلْهُنَّ آخِرَ ما تَتَكَلَّمُ بهِ. قالَ: فَرَدَّدْتُهَا علَى النبيِّ صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ، فَلَمَّا بَلَغْتُ: اللَّهُمَّ آمَنْتُ بكِتَابِكَ الذي أنْزَلْتَ، قُلتُ: ورَسولِكَ، قالَ: لَا، ونَبِيِّكَ الذي أرْسَلْتَ. Baro ibn Ozib roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollalloxu alayxi vasallam: «Kachon yotog‘ingga kelsang, namozga qiladigan tahoratingni qil. Sӱngra o‘ng yoning bilan yot. Keyin: «Allohumma, aslamtu vajhi ilayka, va favvadtu amri ilayka, va alja’tu zoxri ilayka, rog‘batan va rohbatan ilayka, laa malja’a va laa manja minka illa ilayka! Alloxumma, aamantu bikitaabikallazii anzalta, va binabiyyikallazii arsalta!» degin. Agar mana shu kechangda vafot etadigan bo‘lsang, fitratda* ketasan. Bularni oxirgi sӱzing qilgin», dedilar. Men ularni Nabiy sollalloxu alayhi vasallamga kaytarib o‘kib berdim. «Allohim! Nozil qilgan Kitobingga..» degan joyiga kelganda, «Rasulingga», dedim. U zot: «Yo‘k, «...va yuborgan Nabiyingga», dedilar».
Izoh: Duoning ma’nosi quyidagicha: «Allohim, Sendan umid qilgan va qo‘rqqan holda vujudimni Senga taslim qildim, ishimni Senga topshirdim, Senga suyandim. Sendan qochishga va najot topishga xuzuringdan boshqa joy yӱq. Allohim, nozil qilgan Kitobingga va yuborgan Nabiyingga iymon keltirdim».
* Fitrat — sof insoniy tabiat, ya’ni islomiy tabiat. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 179 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar