Qazo namozini qasr qilib o‘qish

Assalomu alaykum! Men 15 kundan kam bo‘lgan muddatni niyat qilib safarga chiqdim. Va yo‘l noqulayliklari sabab 1 kunlik (5 mahal) namozimni qazo qilib qo‘ydim. Safarimni ikkinchi kunidan boshlab namozlarimni o‘qiy boshladim va 4 rakatlik farzlarimni qasr qilib o‘qidim. Shu orada qazo qilgan 5 mahal namozlarimni ham qasr qilib o‘qib oldim. Ya’ni, masalan qazo bo‘lgan peshin namozim uchun faqat 2 rakat farz o‘qidim. Mening tutgan yo‘lim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Safarda qoldirgan namozni qazosini qaerda o‘qilsa ham, qasr qilib o‘qiladi. Namozni qoldirishga uzr yo‘q. Xususan noqulaylik umuman uzr bo‘lmaydi. Tavba qiling, istig‘for ayting.
Tanbeh: O‘z vatanida qoldirgan namozlarni qazosini safarda o‘qisa ham hazar(o‘z vatani)da o‘qisa ham to‘liq o‘qiydi. Chunki u namozlar hazardaligida qazo qilingan. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 221 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar