Uyda tajvidsiz namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Otam, men yoki ukam bo‘lsin tajviddan ilmimiz yo‘q. Tajvid ilmidan xabarimiz yo‘qligi sababli uyda men otam va ukam bilan jamoa bo‘lib namoz o‘qiganimz maqulroqmi? Yoki hamma alohida o‘zi o‘qiganimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Orangizda kimni tajvidi eng yaxshisi va namozning ruknlarini bilsa o‘sha imom bo‘lib o‘qinglar. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:33 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar