Tirnoqlar orasidagi kir

Assalomu alaykum! 4 oydan beri namoz o‘qiyman, lekin xar gal taxorat olayotganda tirnoqlarim ostiga suv kirishiga axamiyat bermasdim. Shunchaki ustidan ishqalab yuvardim. Tirnoqlar ostiga suv etishi shart ekanligini eshitib ikkilanib qoldim. Shuncha o‘qigan namozim nima bo‘ladi endi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kir oddiy chang yoki tuproqdan to‘plangan kir bo‘lsa ustidan suv oqizish bilan uning ostiga suv etadi. Agar ayollarning tirnoqqa qo‘ydigan laki kabi bo‘lsa ularning ostiga etmaydi. Endi e’tibor bering. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar