Kontratseptiva

Assalomu alaykum! Men tibbiyot oliygohida taxsil olaman. So‘ramoqchi bo‘lgan masalam juda ham nozik masaladir. Hozirda ko‘plab homiladorlikni oldini oladigan vositalar mavjud.
1-homiladorlikni oldini oladigan vositalardan homiladorlik ayolni hayotiga xavf soladigan holatlarda foydalansa bo‘ladimi?
2-Zaifroq ayollar, ya’ni ayolni hayotiga xavf soladigan muammolar yo‘q, ammo ayolimiz umumiy holatini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan hollardachi? Bunday hollarda homilador bo‘lsa bola sal nimjonroq tug‘ilishi mumkin. Bunday hollar anemiyasi (kam qonligi bor) ayolarda, tug‘ganidan so‘ng bir necha oy o‘tganidan so‘ng uchraydi. Bunday hollarda ayolga homiladorlikdan avval ozgina o‘ziga kelib sog‘ligini tiklab olishi tavsiya etiladi.
3-avval bir necha bor tug‘ib boshqa tug‘ish niyati yo‘q ayollar kontratseptiv vositalardan foydalanishlari mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi linkdan savollaringizga javob olasiz. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/fiqh-uz/fiqh-akademiya/532-naslni-cheklashdagi-shariat-ukmi

26 May 2022, 09:48 | Savol-javoblar | 169 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar