Ramazon ro‘zasi qazosi

Assalomu alaykum! 1. Men avvalgi yil dadam ruxsat bermaganlari uchun ramazon ro‘zasini tutolmagandim. Ro‘za tutmoqchi bo‘lganimda dadam urishgandilar. Lekin ro‘za tuta oladigan darajada sog‘lom edim. Endi ularning qazosiga bir kundan ro‘za tutsam bo‘ladimi yoki 60 kun ro‘za tutishim kerakmi? 2. Ramazon ro‘zasi qazolarini hammasini keyingi ramazongacha ado qilish shartmi? Keyinroq tutib bersa ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Faqat qazosini tutasiz. Ya’ni bir kundan ro‘za tutasiz.2). Keyinroq tutsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 158 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar