Gosht haqida

Assalomu alaykum! Men qurilishda ishlayman. Bizga yotoqxona va 3 mahal ovqat beradi. Men bilan birga ishlaydigan o‘rtog‘im go‘shtli ovqatdan emaydi. Sababini so‘rasam “bu qanaqa qilib so‘yilgan, bismillah aytilgan aytilmaganini bilmayman. Shuni uchun emayman” deydi. Ko‘zim bilan ko‘rmagan yoki o‘zim taniydigan ishonchli qassob bo‘lmasa go‘shtdan emas ekan. Savol shariatimizda bunga qanday qaraladi, bu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon kishi shariatga ko‘ra halol taom va sharob eb-ichishi talab qilinadi. O‘rtog‘ingizni qilgan ishi to‘g‘ri. Go‘sht shariatga muvofiq so‘yilgani aniq bo‘lmasa, uni eyish mumkin emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 168 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar