Rossiyada lotoreyadan yutib oldim

Assalomu alaykum! Men Rossiyada ishlayapman xozirda. Bir stoloto o‘yinini o‘ynagan edim. 3ta belit tekinga (sovg‘aga) berdi. 3ta latariyadan jami 251.000 rubl yutdim. Xali olmadim 1 oydan oshdi. Nima maslaxat berasizlar olaymi yoki olmaslik kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu qimor bo‘lib, uni olish sizga harom hisoblanadi. Siz biletni tekinga olgan bo‘lsangiz ham, boshqalar puliga olgan va sizga chiqqan yutuq o‘sha pullardan to‘lanadi. Yutuqni oling va  savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga tarqatib yuborasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:56 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar