Namozga ixlos uyg‘otish uchun Quron o‘qishlik to‘g‘rimi

Mini qalbim qotib ketganligi sabobli hozirda namozga egila olmayapman ammo quronni yaxshi o’qiyman. Bir inson bilan shu haqda suhbatlashganimda u menga, bo’lmasam siz quron o’qing! Quron o’qisangiz qalbingiz yumshaydi, zero quron qalbdagi zanglarni ketgazadi zora shu sabab bo’lib namozga ixlosingiz uyg‘onsa deb maslahat beri. Ammo men be namoz bo’la turub quron o’qiyversam o’zimga qarshi hujat bo’lib qoladiku, bunday qilish, pulsiz bozorga borishday gapku degan fikr o’ylantiryapti.


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:

- Bu gapingiz namoz o‘qimaslikka bahona axtarganingiz kabi, Qur’on o‘qimaslikka ham bohana axtarishdir. Qur’on o‘qishingiz sizning qarashingizga hujjat bo‘lmasa ham o‘zi hujjat keragidan ortiqcha bo‘lib turibdi ekani-u! Undan ko‘ra, tezda ham namoz,ham Qur’on o‘qishga o‘ting.



27 May 2022, 05:49 | Savol-javoblar | 182 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar