Ijara kelishuvi

Assalomu alaykum! Biza kvartira ijaraga olayotganda vositachiga yoki uy egasiga nechi kishi shu erda yashashimizni aytishimiz kerakmi? Muamo shundaki aytaylik men shu uyingizda 2 kishi yashaymiz desam ertaga bironta qarindoshim bir yoki ikki kun kelsa va biz bilan yashasa vadani buzgan bo‘laman. Yoki bazida bo‘ladi biron bir tanishimiz to yangi kvartira olguncha biznikada yotish uchun keladi. Shunday vaziyatda birovni xaqiga xiyonat bo‘lmasligi uchun ijarani qanday qilsa shariatga muofiq bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvaldan hammasini ochiq-oydin aytib kelishib olinglar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 13:07 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar