Spiral!

Assalomu aleykum Shayx Xazratlari! Qilayotgan ishlaringizda Allox taoloning o‘zi madadkor bo‘lsin! Ruxsat bersangiz sizni bir savolim bilan bezovta qilsam. Noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman!Savol: Men turmushga chiqqanman Allohga shukur farzandim bor, uni tug‘ganimdan keyin ba’zi bir kimsalar tomonidan majburan spiral qo‘ydirish taklifi tushyapti. men esa buni sizning saytingizda ayol kishiga ziyoni borligini o‘qidim. yo‘q desam onamla mendan rozimasman devottila. nima qilishni maslahat berasiz?Javobingiz uuchn raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Onangizning bu haqda rozimasman deyishi noto‘g‘ri. Qo‘ydirdim, deb aldab qo‘yish imkoni bo‘lsa, shuni qiling. Bo‘lmasa, ochiq qo‘ydirmayman. Erim ko‘nmayapti. Erning gapiga kirmagan ayol gunohkor bo‘lar ekan, deng.

27 Aprel 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 163 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar