Qo‘shni haqi
Assalomu alaykum! Bir tanishim aytdiki agar qo‘shning nochor axvolda bo‘lsayu sen puling bo‘laturib falon pulli qimmat narsani olib ishlatsang senga xarom bo‘ladi dedi shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ الْمُسَاوِرِ قَالَ: سَمِعْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ يُخْبِرُ ابْنَ الزُّبَيْرِ، يَقُولُ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: لَيْسَ الْمُؤْمِنُ الَّذِي يَشْبَعُ وَجَارُهُ جَائِعٌ Abdulloh ibn Musovirdan rivoyat qilinadi:
«Ibn Abbosning Ibn Zubayrga shunday deyayotganini eshitdim:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «O‘zi to‘q bo‘lib, qo‘shnisi och qolgan odam mo‘min emas», deganlarini eshitdim».
Sharh: Bu juda ulug‘, g‘oyatda og‘ir, nihoyatda katta gap. Qo‘ni-qo‘shnilarning holidan har doim xabar olib turish, ularning och, yupun qolishidan juda ehtiyot bo‘lish kerak ekan.
Darhaqiqat, qo‘shnisidan xabar oladigan, qo‘shnisini och-yupun qoldirmaydigan jamiyat nihoyatda taraqqiy etgan, tinch-totuv, ahil jamiyat bo‘ladi.
Lekin odamlari qo‘shnisining ahvoli bilan ishi yo‘q, o‘zi esa egani oldida, emagani ketida, boy-badavlat yashaydigan jamiyat albatta tanazzulga ketadi, halokatga uchraydi.
Bu erda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana shunday kishilardagi mo‘minlik sifatini inkor qilyaptilar. Buni har birimiz juda yaxshi bilishimiz lozim.
Bugungi kunimizda bunday holatlar bor. Holbuki, qo‘ni-qo‘shnilardan xabar olib turish, muhtojlariga yordam berish mo‘minlik burchimizdir. (“Adab al-Mufrad” kitobidan).
Harom bo‘lmasa ham afzal emas. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom