Suv yaroqlimi
Assalomu alaykum! Uyimizning oldida kanal o‘tgan hozir suvi o‘chgan uyimizda hovuz bor shuni tozalab suv soldirdik tozalagani oyog‘ga hech narsa kiymasdan kirib tozalandi keyin suv solindi hovuzdagi suv tahorat va g‘usl ga yaroqlimi ustalar ishlayapti ular suv olguncha loy qo‘li bilan suv tomchilari tomgan bo‘lishi mumkin boshqa suv yo‘q ichish uchun ham shu hovuzdagi suvdan foydalanamiz men najosat bo‘lmadim kin ibodatlarimga ziyoni yo‘q mikin deb shubhadaman namoz o‘qiyotganimda ham fikru xayolimni namozga qaratay desam ham bo‘lmayapti namozing baribir qabul bo‘lmayapti degan vasvasami nimadir bor to‘g‘ri o‘qimayapman allohning buyukligiga xos namoz o‘qiyolmayapman nimaga ixlos qilolmayapman qiroat qilish barobarida xayol surib ketaman chalg‘ib o‘qima baribir qabul bo‘lmaydi degan o‘y doim miyamni parmalayotganday allohdan qo‘rqib o‘qiyolmayapman namoz o‘qiyotganimda qo‘rquv uydagilar chaqirib qolmasin bolam yig‘lab urishib qolishmasin o‘qitmay qo‘yishmasin degan qo‘rquvdan yuragim zirillaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hovuzdagi suvni ichishga, tahoratga, kiyim va idishlarni yuvishga ishlatilishini bilsangiz ehtiyotini olib ustini yopish va najosat tushishni oldini ham olish kerakda. Siz “Allohning buyukligiga yarasha namoz o‘qiyman” deb vasvasa bo‘lmasdan, Alloh buyurgani uchun namozni o‘z vaqtida o‘qing. Shayton nima desa gapiga ishonaverish kerakmas. Mana asta sekin gapiga kirib oxiri namozni ham tark qilish darajasiga olib kelibdi. Tavba qiling, tez namozni boshlang. Mana shu javobni olishingiz bilan tahorat qilib boshqa narsani o‘ylamasdan namozlarni boshlang. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 13:18 | Savol-javoblar | 181 | Tahorat