Qo‘shimcha mahr

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men 2007-yilda uylanganman. Ayolimga nikoh uzuk bilan yana bir uzuk berganman. Lekin mahr deb niyat qilmaganman chunki shariatni yaxshi tushunmaganman, hozirda qayta mahrni niyat qilib mahr berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Berganingiz hadya bo‘lib, mahrni alohida berishingiz kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:33 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar