Birovning haqqidan urib qolish

Assalomu alaykum! 1995-2000 yillarda qiyinchilik paytlari otam tegirmon yurgazib, tirikchilik o‘tkazar edi. Shu paytlari o‘zi ham, bizni ham har bir qop un yoki bug‘doydan 0,5-1kg. Atrofida xizmat haqqidan tashqari egasining roziligisiz, yashirincha olib qo‘yishimizni tayinlar edi va biz shunday qilar edik. Bugun tushunib etdik, birovning haqqi juda yomon. Hisob-kitobi og‘ir. Bu katta gunoh bo‘lgan. Hozir otamga shularni qaytarib beraylik deb aytsam, sharmanda bo‘laman deb rozi bo‘lmasligi mumkin. Haqdorlarni taxminiy miqdorda pul yoki un bilan rozi qilish uchun otamning roziligi shartmi? Yoki buni hal etishning boshqa yaxshiroq yo‘llari ham bormi? Yana bir masalaki, ayrimlari olamdan o‘tgan, yoki kimlardir haqdor sifatida bizning e’tiborimizdan chetda qolishi mumkin. Ularning haqqini qanday ado etamiz? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizning roziligi shart emas. Haqqlarini ado qilangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 05:37 | Savol-javoblar | 186 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar