Quloq og‘riganda tahorat

Assalomu alaykum! Dugonam bilan doktor(LOR)ga borgan edik. U dugonamga qulog‘i og‘rigan sababli suv kirmasligini qattiq tayinladi. Xatto g‘usl qilayotganda xam qulog‘iga paxta qo‘yishini aytdi. Dugonam taxoratni qanday qiladi? Qulog‘ini yuvolmaydiku. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tahoratda quloqni ichini yuvish farz emas. Shariatimizda g‘usl vaqtida suv zarar qiladigan joylarga suv tekkazmaslikka ruxsat bergan. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 22:13 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar