Musibatdan keyingi maxzunlik
Assalomu alaykum! Albatta bu Allohning qadari, boshimizga musibat keldi, Onam bedavo dardga chalindilar. Lekin meni maxzunlik xech xam tark qilmayapti. Ishda xam uyda xam, ko‘chada xam onamni dardlari bilan yashayapman. Nomozlarda xam xushu yo‘qolyapti deb qo‘rqayapman. Alloh ofiyat ber deb duo qilaman. Lekin qalbim og‘riyapti, tushkunlikda yashayapman. Bu Allohning qadariga norozilikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz hamma narsani Allohdan deb iymon keltirganingizdan keyin Alloh taoloning quyidagi oyatlariga ham iymon keltiringda. Alloh taolo "Anbiyo" surasida marhamat qiladi: كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ وَنَبْلُوكُم بِالشَّرِّ وَالْخَيْرِ فِتْنَةً وَإِلَيْنَا تُرْجَعُونَ35. Har bir jon o‘limni tatuvchidir. Sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz.
Bu dunyoda o‘lmaydigan jon yo‘q. Shoh ham, gado ham, payg‘ambar ham, ummat ham o‘ladi. Shuning uchun har bir banda dunyoda abadiy yashaydigandek bo‘lib emas, balki boshiga bir kuni o‘lim kelishini eslab yursin. O‘lim sharobini albatta tatish borligini hisobga olib yursin. O‘sha muqarrar o‘lim kelguncha esa:
«Sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz...»
Alloh taolo bandalarini gohida yomonlik, gohida yaxshilik bilan sinaydi. Yomonlik etganda, bandaning qiyinchilikka chidashi, o‘sha og‘irlikka sabr etishi, Allohga bo‘lgan ishonchi va Uning rahmatidan umidvorligi qanday ekani ma’lum bo‘ladi. Bu sinovlarga ko‘pchilik chidaydi, undan muvaffaqiyatli o‘tish ham mumkin.
Ammo yaxshilik bilan sinash juda qiyin sinovdir. Bu sinovdan o‘tish dushvordir. Ko‘plar kambag‘allik va yo‘qchilikka chidaydi. Ammo boylik va seroblik kelsa, o‘zidan ketadi. Qo‘liga boylik tushsa, hovliqib, harom-xarish ishlar qilishga o‘tadi. Shuningdek, zaiflik va jabr-zulmlarga chidaydiganlar ko‘p. Ammo kuch-quvvat va sog‘lomlik sinovidan o‘ta olmaydigan, o‘sha ne’matlarni noto‘g‘ri yo‘lda sarflaydigan odamlar undan ham ko‘p. Boshqa narsalarni ham shunga qiyos qilaverishimiz mumkin. Hayot tajribasi shuni ko‘rsatadi. Islomiy ta’limotlar esa yomonlik va yaxshilik sinovidan salomat o‘tishga targ‘ib qiladi. Yomonlik etganda, sabr qilishga, yaxshilik etganda, shukr etishga chaqiradi.
Imom Muslim rahmatullohi alayhi «Sahih» kitoblarida rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘mi ishi ajibdir. Uning hamma ishida yaxshilik bor. Bu narsa mo‘mindan boshqa hech kimda yo‘qdir. Agar unga yaxshilik etsa, shukr qiladi. Bu uning uchun yaxshilik bo‘ladi. Agar unga yomonlik etsa, sabr qiladi. Bu ham unga yaxshilik bo‘ladi», – deganlar.
«...hamda Bizgagina qaytarilursiz».
«Hech kim Bizdan o‘zgaga qaytarilmaydi. O‘shanda Biz sizlarga sinov-imtihon natijasining xabarini beramiz». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 13:51 | Savol-javoblar | 208 | Ruhiy tarbiya