Mehmonxonadagi holatlar
Assalomu alaykum! 1. Mehmonxonada bron qilingan xonaga o‘sha kelishi kerak bo‘lgan kishi sababsiz yoki sababini aytmagan holda kelmay qolsa undan o‘sha xonaning pulini olish joizmi? Chunki u bron qilgan xonaga odam qo‘yilmaydi va o‘sha xona bekor o‘tib ketishi mumkin. 2. Mehmonxona mijozlari uchun har xil xizmatlarni chaqirtirib berish yoki unga sharoit qilib berish ila o‘sha xizmatning narxi ustiga narx qo‘shib mijozdan pul olsa bo‘ladimi? Xizmatning asl narxni aytish shartmi? Menejerimizning aytishlari bo‘yicha ko‘plab mehmonxonalar xizmatlarni tashkilashtirib berganlari uchun haq olishar ekan va buni (mehmonxona xizmatning ustiga narx qo‘shayotganini) mijozlar bilishar ekan. 3. Qaysi tijorat turida mahsulotning asl narxni aytib sotish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu masalaning javobi bron qilish jarayonida mijoz bilan tuziladigan shartnomada qanday shartlar borligiga bog‘liq. Agar “bron qilish” bu ijara aqdi bo‘lsa, mijoz xonadan foydalanmagan bo‘lsa ham shartnomada belgilangan kunlar uchun pul to‘laydi.2). Muayyan xizmatni bajarish uchun mijoz bilan shartnoma tuzayotganingizda uni shaxsan o‘zingiz bajarishingiz shart qilinmagan bo‘lsa, uni boshqalarga bajartirishingiz joiz. Xizmatning asl narxini mijozga aytish shart emas.3). Odatiy savdolarda buyumning asl narxini mijozga aytib sotish shart emas. Agar aytishni ixtiyor qilsa, yolg‘on gapirmasligi lozim. “Menga shunchaga tushgan, ustiga falon so‘m qo‘yib sotayapman” ga o‘xshash so‘zlar aytib bilan savdo qilsa, bu murobahadir. “O‘z narxiga sotayapman” kabi so‘zlarni ishlatsa tavliya savdosidir. Bularda buyumning asl narxini aytish lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:03 | Savol-javoblar | 190 | Halol va harom