Ekologiya

Assalomu alaykum! Domla maniki savol emas balki taklif. Man ekolog olimman. Seysmologiya institutida katta ilmiy xodim bulib ishlayman. Mani tashvishga solayotgan shaxrimiz tozaligi. Sizni auditoriyangiz juda katta, iltimos tozalik, chikindilarni kuchalarga, ariklarga tashamaslik, kuchalarimiz ozodaligi to‘g‘risida maruzalar kilsangiz sizga xamma kulok tutadi. Man milliy universitetda dars beraman doim gapiraman lekin din peshvolarimizni so‘zlari ishonchliroq.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taklif uchun katta rahmat, Alloh qilayotgan ishlaringizga barakot bersin. Biz ham aytyapmiz yana aytamiz. Siz O‘zbekiston Musulmonlari Idorasining muslim.uz saytiga ham murojaat qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 13:51 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar