Men xam gunoxkor bo‘lmaymanmi

Assalomu alaykum! Ustozlar men xozirda qozog‘iston respublikasida ishlayabman. Shafyorman, kamaz xaydayman, xozirgi kunda bir firmaga tuproq tashiyabmiz. Bir kunda sherigim bilan 10 mashinadan tuproq oboramiz. 20 mashina bo‘ladi, lekin sherigim qorovul bilan gaplashib 24-26 mashina yozdiradi. Bu albatta xarom ishligini bilaman xar bir olib kegan mashinaga qo‘l qo‘yib ketamiz. Meni xavotirga solgan narsa sherigim meni mashinamni nomerini yozib meni nomimdan xam qo‘l qo‘yib reys qo‘shdiryabdi. Men xam bu ishlariga sherik bo‘lib qolmaymanmi? Unday qilma desam siz qo‘l qo‘ymayabsizku deydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha ortiqcha yozdirilganlari halol bo‘lmaydi. Siz shergingiz va qorovulni bu ishni to‘xtatishini, agar to‘xtatmasa rahbarlarga aytishingizni bildirib ogohlantiring. Agar shu ishda davom etishsa, aytib qo‘ying. Avval ortiqcha yozdirilganlarining pulini olmanglar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 13:51 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar