Taqvodor bo‘lmaganning qurbonligi
Assalomu alaykum! Alloh taolo Qur’oni karimni Moida surasi 27 oyatida shunday marhamat qiladi: Alloh taolo Qurbonlikni faqat taqvodorlardangina qabul qiladi, deyilgan ekan. Xato yozgan bo‘lsam uzr so‘rayman. Dadam namoz o‘qimaydilar, avvallari ro‘za tutar edilar endi uzoq yillardan buyon kasalliklari tufayli ro‘za ham tutmaydilar. Ular har yili qurbonlik qiladilar. Ko‘p hollarda sog‘ligiga yomon ta’sir qilsa ham to‘ylarda spirtli ichimliklar ichadilar. 1.Dadamni musulmon bo‘lganligi taqvodor deyishlikka kifoya qiladimi. Ularning qilgan qurbonligi qabul bo‘ladimi? 2. Ichmasliklari kerakligini juda ko‘p tushuntirsak ham nafaqat sog‘liqqa ziyonligi eng yomoni gunoh eknaligini aytsak ham quloq solmaydilar. Uyat bo‘ladi ichmasam deydilar nima qilsak bo‘ladi bunday holatda iltimos maslahat beringizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu oyati karimadagi “taqvodorlar”dan murod, bir guruh tafsirchilarning aytishlaricha, shirkdan chetda bo‘lganlardir. Zahhokdan rivoyat qilinadi: “Albatta, Alloh taqvodorlardangina – shikrdan saqlanganlardangina – qabul qiladir”, degani”. Shunday ekan, bu erdagi taqvodor, shirk keltirmagan kishi hisoblanadi. Otangizni musulmonligi, solih amallarining, shu jumladan qurbonligining qabul bo‘lishiga shart hisoblanadi. Qurbonlik zimmalariga vojib bo‘lsa, shu holatida qilsa ham zimmasidan ado bo‘ladi. Qilgan gunohlariga alohida javob beradi. 2). Iltijo qilib, Allohdan so‘ranglar. Yaxshi nasihat qilishda davom etinglar. Mutaxassis doktorlarga murojaat qilib harakat qilinglar. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar