oila (kiyin axvolda koldim)
assalom aleykum, muxtaram shayx xazratlari! mening eshim 33da erim bilan ajrashganimga 11yil buldi. shu vakt ichida 2ta sovchini kaytardim, xozir 3chisini kaytarish arafasidaman. sababi ektirmadim, keyinchalik xam yaxshi kurolmayman deb kurkaman. uzim xam kidirishga xarakat kildim lekin uzimni birovga taklif kilishga ep kurmadim, uyaldim. men xam oilali bulib yashagim keladi, lekin kunglimdagidek inson bilan bulsa osonrok bulardi. ael kishi erini rozi kilishi kerakku, uni yaxshi kurmasam kanday kilib birga yashaymanodamlar aytaetgandek ertaga elgiz kolishdan kurkmayman bu takdirda bor bulsa kochib kutulolmaymanku, lekin bu ishim bilan Alloxni gazabini keltirishdan kurkaman, noshukrchilik kilyapmanmi deb kurkaman, buning uchun ertaga jazolanamanmi deb kurkaman. ILTIMOS, ERDAM BERING, MASLAXAT BERING!kungilni chetga surib tugri kelgan odamga turmushga chikib ketaveraymi, eki tabiatimga mosini kutaymi eki uzim kidiraymi, nima kilsam tugri buladi?javob uchun oldindan raxmat!ALLOX rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta, tabiatiga mos shaxs bilan turmush qurish kerak bo‘ladi. Bunda ayol kishi o‘zi qidirsa ham aybi yo‘q. Xadiyja onamiz roziyallohu anho Rasululloh alayhissalomga o‘zlari odam yuborganlar.
27 May 2022, 05:39 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush