Namozni bitta sajda bilan o‘qigan ekanman
Assalomu alaykum! Men namoz o‘qishni o‘rganimiz kitobidan namoz o‘qishni o‘rganganman shu kitobda farz namozlarda bir martadan sajda qilinadi deyilgan va men kitobda qanday o‘rgatilgan bo‘lsa xuddi shunday o‘qib kelyapman. Lekin yaqinda youtube da vediosini ko‘rdim unda farz namozlarida ham xuddi sunnatdagidek 2 martadan sajda qilingan ekan keyin meni namozlarimni hato o‘qimayapmanmi degan o‘y qiynayapti. Savolim shuki qay holat to‘g‘ri men namozlarimni qay tartibda o‘qiy shu haqida aniq bir ma’lumit bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon odam har bir ishini avval masala va hukmlarini o‘rganib qilishi kerak. Ruku’ va sajdasi bor qanday namoz bo‘lishidan qat’iy nazar har bir rak’atda ikki sajda bo‘ladi. Sajdani bitta qilsa, namoz ado bo‘lmaydi. Siz bitta sajda bilan o‘qigan namozlaringizni qaytadan qazosini o‘qib chiqasiz. Bundan keyin to‘liq o‘qing. O‘sha namoz o‘qishni o‘rgangan kitobingizni ma’lumotlarini bizga yuborsangiz, ko‘rib bosib chiqargan egalarini xabardor qilib qo‘yamiz. Toki boshqalar ham siz kabi namozni nuqson bilan o‘qib yurmasinlar. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar