Jinlarni insonga ko‘rinishi haqida muhum savol
Assalomu alaykum Muhtaram Shayh hazratlari. Bir masalaga aniqlik kritib bersangiz. Bir inson menga jinlar haqida shunday gap aytib qoldi. Agarda inson yolg‘iz yuradigan bo’lsa va u, jinlar haqida o’ylay boshlasa va qo’rqsa jin inson ko’ziga ko’rinar emish. Men so’radim, nima qilishim kerak unda? o’zing yolg‘iz yurganingda bu narsani o’ylamasliging kerak agar qo’rqsan sen bilan ekalashadi va ko’zinga ko’rinadi. “Vaholanki men bu gapni eshitmagunimcha bu haqda umuman o’ylamas edim. Kechalari o’zim bemalol yolg‘iz yura olar edim.” Men so’radim. Bu gapni menga nimaga aytyapsiz men shundoq ham bu haqda o’ylamaymanku. Bilib qo’ygin! Senga yaxshi bo’lsin dedim dedi. Bu gapni eshitganimga olti oy bo’ldi. Ming afsuski men bu gaplarga qattiq ishonib qoldim. Miyyamga borgan sari bu narsa rivojlanib o’rnashib boraverdi. Aqildan ozishgacha boraydedim. Hozirda ilgarigidek hotirjam yurolmayman. Bir erda hotirjam o’zim yolgiz turolmayman. Agar behos tursam. biron nima kozga ko’rinib yo biron ovoz eshtilib ketadi deb vahima bilan hushyor tortib turaman. Bir erga tikilib o’ychang holda o’tirolmayman. Aksincha shoship o’rqa oldimga, tepa pastlarimga qarab yuraman. uchub o’tgannar pashadan tortib qimillayotgan daraxtgacha diqqatimda turadi. Sharpa bo’lgan tomonga shoshib qarayman. Eng yomoni bir kuni ko’zimga qorong‘ulikdan bir soya chiqib kelayotgani ko’rinb qoldi. O’shandan beri yuragimni qattiq oldirib qo’ydim. Hozir o’sha honani oldidan o’tgani qo’rqaman. Vaximasi qattiq bosadi. Bu holat haqida pisixolog bilan gaplashganimda. “mening bir narsani o’ylayverishim natijasida, miyyam yuzaga bu vaziyatni haqqoniy qilib chiqarib yuborganini takidladi.” Menga qanday muolaja kerak bo’ladi deb so’radim. U kishi “sen shu narsaga qanchalik qattiq ishonayotgan bo’lsang endi shuni noto’g‘ri ekanligiga va yoqligiga o’zingni ishontira olasanmi?” deb so’radi. Men axir bu narsa haqiqatku dedim. To’g‘ri, jinlar bor lekin sen kozga korinadi degan fikrni aksini o’zingda rivojlantirishing kerak dedi. Men harakat qildim Ammo bu qo’limdan kelmadi. Nima bo’lganda ham menga bu gaplarni aytdan insondan qattiq ranjiganman. Menga bu gaplarni aytib ongimni zaharlashni nima hojati bor edi deb qattiq alamzada bo’laman. Lekin nima ham derdim. Buham Allohni bir sinovidir balkim. Hali hammasi haxshi bo’lib ketar. Buning uchun eng odil boxo beradigan kishi sizsiz deb bu holatni sizga malum qildim. Hazrat bu holat haqida nima maslahat berasiz. Iltimos javobingizni ayamasangiz. Alloh sizdan rozi bo’lsin. amin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ushbu saytdagi jinlar haqidagi ma’lumotlarni o‘qing
29 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 187 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ushbu saytdagi jinlar haqidagi ma’lumotlarni o‘qing
29 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 187 | Dolzarb savollar