Iltimos Shayx Janoblaridan boshqa hech kim o‘qimasin!
Assalomu aleykum xurmatli shayx janoblari. Doim shu savolar dasturini kuzatib kelaman,, o‘zimga kerakli javoblani topaman, sayt ma‘muriyati iltimos qilganidek avval qidirib keyib savol beringlar deganlariday 2 yildan beri kuzatib ozimga ko‘p foyda olganman bu 1 chi savol berishim. Xurmatli Ustoz sizi juda hurmat qilaman va bu erda hech qanday fitnami yoki yomon niyatda emas balki tushunolmaganim uchunmikan bilmadim, bir Universtiteta o‘qidigan yigitga xo‘jatxonada yani chet elda ‘‘bathroom‘‘ degan joyda namoz o‘qishga ruxsat berdingiz? Savolning matini quidagicha:‘‘Assalamu alaikum! Savolim tushunarliroq bo‘lishi uchun oldin vaziyatni tushuntirib o‘tsam.Universitetda o‘qish boshlanganda, o‘qishdan tashqari ishlashim kerak. Ayrim payti ish payti namoz payti bo‘lib qoladi. Shunda namoz o‘qish uchun yagona joy bu bizda "hojatxona", bu erda "bathroom" deb atalgan joy bo‘ladi. Endi bu erdagi hojatxonalar biz tasavvur qilganchalik iflos emas. Ozoda va toza bo‘ladi. Nogironlar uchun maxsus qilingan katta xonachasi namoz o‘qigulik hajmdagi kenglik beradi. Shunday vaziyatda ilojini qilib shu joyda namoz o‘qib olsa bo‘ladimi? Rahmat!‘‘ Shu erda siz bo‘ladi degan javob yozibsiz. Tog‘ri u chet elda xojatxonalari toza boladi, nogironlar xonasida anchagina katta joy bor lekin u erdayam najosat tushadi odamla avratlarini echadiku?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Menimcha, najosat suv ila oqizilib yuboriladi. Tozalab turiladi. Buni savolda ham aytilgan. Bu boshqa er yo‘qligi uchun aytilgan gap. Odamlar avratini echgan bo‘lsa, yopadi ham. Men odamlarning najosati ustida, avratiga qarb namoz o‘qisa bo‘ladi deganim yo‘q.- Eski kitoblarda o‘sha darvdagi xojatxonaga tushib ketgan odam, chiqa olmasa o‘sha erda namoz o‘qiydi deganiga nima deysiz?
1 May 2022, 21:36 | Savol-javoblar | 158 | Namoz