Qurondagi bazi masalalar

Hurmatli qori aka, Alloh ilmingizni ziyoda qilib, guzal mukofotlar ila ne‘matlantirsin! Qilayotgan hayrli ishlaringizni barchamiz uchun manfaatli qilib, bardavom qilsin!Quron ilmiga qiziqishim katta, ayniqsa tajwidga doir qurol va qoidalarni buyuk zavq ila urganaman. Chet yurtlarda bulsam ham bazi ustozlardan tajwid ilmi buyicha dars olganman, ammo turli omillar sabab bir ustoz ila utirib, tuliq (ya‘ni qorilarga urgatiladigan ravishda) bu ilmni ohiriga etkazish imkoni bulmagan. Shunday bulsada, uzim kitoblardan, video darslardan ta‘lim olib, tushunmagan erlarimni ustozlardan surab olishni yulga quyganman. Video darslardan Shayh Ayman Rushdi Sweidning tajweed haqida qilgan turkum darslari kaminaga uta manzur buldi. Arab tilidan biroz habarim bor. Siz aziz birodarimizga ham ba‘zi savollar ila murojaat etishga izn berasiz. 1. Suzning ohirgi harfida sukun yasab vaqf qilinganda, agar ohirgi harfdan bitta oldingi harf ham sukunlik bulsa va bu harf qalqala harflardan biri bulsa (masalan "qobl", "fajr"), vaqf qilish chog‘ida bu harfning qalqalalik sifati zohir buladimi? Agar bulsa, qanday qilib uqimoq lozim?2. Quronda sajda oyatlarini tilovat qilinganda sajda qilmoq vojibligini yahshi bilamiz. Har bir sajda oyatida ham sajdaga dalolat qiladigan suz bor. Odatda Madinada chop qilingan Quronlarda usha suzning ustiga chiziq bilan chizib quyilganligiga shohid bulamiz. Sung esa, oyatning sungiga ham sajda oyati ekanligini bildiruvchi belgi quyilgan. Savolim shundan iboratki, bazida sajda suzi bir oyatda bulsa ham, sajda belgisi sajda suzi bor oyatdan keyingi oyatning ohiriga quyilgan. Masalan, Fussilat surasida sajda suzi 37 oyatda kelgan, lekin sajda belgisi 38 oyatning ohirida joylshgan. Nahl surasida ham shunday (49-50 oyatlar). Buning boisi nimada? Agar Fussilat surasining 38 oyatidan boshlab tilovat qilinsa, sajda qilish lozim buladimi?JazakAllahu khayran..
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Bismillaahir Rohmaanir Rohiim.Va alaykum assalom. 1. Oxirgidan oldingi harfi sokin qalqala harfi bo‘lgan so‘zda vaqf qilinganda vasl qilgandagi kabi qalqala sifati ado etiladi, balki bunda qalqalani to‘la ado etishga alohida urg‘u berish kerak bo‘ladi. Faqat, qalqala harfida yoki oxirgi harfda qalqala sababli harakat hosil bo‘lib qolishidan ehtiyot bo‘lish lozim.2. Siz aytgan holat, Madina mushafiga ko‘ra, "Nahl", "Isro" va "Fussilat" suralarida bor. Fiqh kitoblarida bunga "Sod" surasi ham qo‘shiladi. Fuqaholar tilovat sajdasini sajda oyati tugagandan so‘ng qilish vojib bo‘lishiga ittifoq qilishgan. Mushaflarda sajdani vojib qiluvchi deb e’tibor qilingan kalima ustiga chiziqcha qo‘yiladi va sajda qilish o‘rni minora shaklidagi maxsus belgi bilan ko‘rsatiladi. Bu belgining mazkur suralarda sajda oyatidan keyingi oyatlar so‘ngiga qo‘yilishiga sabab, garchi bunda asosan rivoyatga suyanilsada, o‘sha oyatlarning sajda oyati ma’nosini daom ettiruvchi va to‘ldiruvchi bo‘lganligidandir. Shu bois, aslida sajda ular sababli vojib qilingan bo‘lishi ham mumkin, degan ehtimol bor. Zero, sajdani vojib qiluvchi kalima deb e’tibor qilingan kalimalar ijtihod asosida belgilangan. Shuning uchun, sajda qilish o‘rnini keyingi oyatlarga surilgan. Zotan, tilovat sajdasini sajda oyatidan keyin ikki yoki uch oyat o‘tkazib qilish ham mumkin. Ammo sajda oyati tugamay turib sajda qilinsa, xuddi vaqti kirmasdan turib o‘qilgan namoz kabi, hisobga o‘tmaydi.Tilovat sajdasi sajda oyatini to‘liq yoki ko‘p qismini o‘qish yo eshitish sababli vojib bo‘ladi. Binobarin, sajda oyatidan keyingi oyatlarning o‘zini o‘qish bilan sajda vojib bo‘lmaydi. Ammo buni qasddan qilish yaxshi emas. Vallohu a’lam.

27 May 2022, 02:31 | Savol-javoblar | 164 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar