Namozni o‘rganishim uchun nima qilay
Assalomu alaykum! Men IIO safida xizmat qilaman namozni o‘qishni boshladim, Alxamdilloh, Allohga shukr. Ammo xozircha ming afsuslar bo‘lsin to‘liq emas, Bomdod va Xufton namozlarini. Qolgan namozlarni uyda bo‘lgan vaqtim o‘qimoqdaman. Ammo gunohdan tiyila olmayamman eng achinarlisi zinodan. Chin dildan istamoqdaman qutulishni ammo irodam zaiflik qilmoqda. Namozni xam xushu bilan o‘qiy olmayapman xayolimda ming bir xayol bo‘ladi. Boshida o‘qiyotganimda xayolni qochirmaslikka va ko‘z oldimga Kabatullohni kelishini tassavur qilaman ammo sajda yoki ru’kuga ketganimdan keyin yana xayolim boshqa joyga ketib qoladi. His qilyapman namozimni Alloh xoxlaganicha bajara olmayaman ammo Alloh roziligini juda xolayapman. Qandaydir duo bo‘lsa xidoyat yo‘liga kirishimga o‘rgating iltimos. 2. Yana bir savolim uzr vaqtingizni oldim yuqorida etganimdek IIO xodimiman Qur’onni o‘rganishni xolamoqdaman lekin ishim tufayli ustoz shogirdga tushib o‘rganishga xozirda imkoniyatim yo‘q ishim tufayli shu tufayli Qur’oni Karimni onlayn o‘rganishni imkoniyati mavjudmi? 3 Qalbim qotib qolgan qisqa qilib etganda Shaytonning qancha yomonligi bo‘lsa barini qilganman va o‘zimni to‘xtata olmayamman. Gunohdan tiyilishim uchun nima qilishim kerak irodam ojizlik qilmoqda. Ya’ni onamni xam rozi qilmayamman ayolim bilan xozirda birga yashamaymiz qarindoshlar orasida silai raxm qila olmayamman ammo yurakdan shu narsani xolamoqdaman. Ammo qalbim qorayib bo‘lib mag‘rurlik egallab bo‘lgan Qalbimni yumshatish uchun nima qilay. Imkon qadar zikr qilib yuribman. Ammo kamlik qilyaptimi diyman bu istig‘for etib yurishlarim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo sizni tavba qilganingiz va ibodat yo‘liga kirganingiz bilan tabriklaymiz, Alloh sobit qadam qilib taqvo va ibodat lazzatini his qilishni nasib qilsin! Gunohga sabab bo‘ladigan narsalardan to‘liq uzoqlashing, ulfatlar, gunohga sabab bo‘ladigan hamma aloqa vositalari, qisqa qilib aytganda toza yangi hayot bolashga harakat qiling, onangiz jannatga kirishingizga sabab bo‘ladigan inson, sizni tug‘ib katta qilgan zot shundan kelib chiqib munosabatta bo‘lib roziliklarini olishga bor imkoniyat bilan harakat qiling, oila bilan aloqani tiklang, oila mas’uliyatini, silai rahm savobini ibodat ahamiyatini sizga eslatib turuvchi bir do‘st toping.1). Zino qarzligini unutmang. Bugun siz zinoni qilasiz keyin uni ayolingiz yoki qizingiz yoki boshqa mahramlaringizni zino qilishi bilan to‘lashingizga to‘g‘ri keladi.2). Onlayn o‘rgatadigan saytlar bo‘lishi kerak. Siz internetda Alijon qori Haydarov, Jahongir qori Ne’matovni onlayn darslarini muslim.uz saytidan topib ko‘ring. 3). Solih insonlarni safiga qo‘shiling, ahli ilmni muhtojlarni xizmatida bo‘ling, shuncha vaqt qilingan xatolar qabni qoraytirgan uni tozalashda sabrli bo‘lasiz. Yana og‘ir kasallarni ziyorat qiling, etimxonalarga yoki nuqsonli va chala tug‘ilgan bolalarni boqadigan joylarga borib ko‘ring. Qabristonlarga borib turing, zora qalbingiz ibodatga moyil bo‘lsa, xotirjamlik topsa. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 152 | Namoz