Yutqazgan choyxona qilib berish

Assalomu alaykum! Meni 2 tanishim garov o‘ynadi, yutqazgan choyxona qilib berishadi, choyxonaga boruvchilar 10 dan oshiq. Shu choyxonadagi nozi nematlar xarommi? Men xarom desam bir tanishim biz mexmon bo‘lib boryapmiz deydi. Men xammaga xarom deb o‘ylayman. Shu masalaga oydinlik kirtib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Garov harom, u uchun tikilgan va tikilganga kelgan narsalar ham o‘sha hukmda bo‘ladi. U mehmonmi yoki garom o‘ynaganmi, bilib turib eyish harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:29 | Savol-javoblar | 133 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar